Tarixiy shaharlarda Duty Free do‘konlari paydo bo‘lishi mumkin

Bojsiz savdo do‘konlari birinchi navbatda Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz shaharlarida ochilishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 15 noya - Sputnik. O‘zbekistonning tarixiy shaharlari va ma’muriy markazlari hududa Duty Free do‘konlari ochilishi mumkin. Ushbu g‘oya, kecha e’lon qilingan, Turizm sohasini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi loyihasida aytib o‘tilgan.

Konsepsiyada bojsiz savdo do‘konlari faoliyatini tashkil qilish uchun O‘zbekiston Bojxona kodeksiga o‘zgartirish kiritish haqida ham aytib o‘tilgan. Birinchi navbatda Duty Free do‘konlari Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz shaharlarida ochish taklif qilinagan.

Turistlar qulayligi uchun tarixiy shaharlarda brend liboslar, kosmetika va aksessuarlar sotiladigan butiklar hamda savdo-ko‘ngilochar majmualari ochish ham taklif etilgan.