Shavkat Mirziyoyev Nukus aeroportini ko‘zdan kechirdi

Aeroportni yangilash uchun qariyb 80 milliard so‘m sarflangan edi.
Sputnik

TOShKENT, 15 noya - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-noyabr kuni Nukus shahriga tashrif buyurib, dastlab Nukus xalqaro aeroportida amalga oshirilgan modernizatsiya ishlarini ko‘zdan kechirdi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev Nukus aeroportini ko‘zdan kechirdi

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil davomida nukus aeroporti binosi rekonstruksiya qilinib, terminal kengaytirilgan va  zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan edi. Havo darvozasini modernizatsiya qilishga qariyb 80 milliard so‘m sarflangan edi.

Shavkat Mirziyoyev Nukus xalqaro aeroporti Qoraqalpog‘istonni iqtisodiy rivojlantirish, biznes aloqalarni kengaytirish, turistlar oqimini ko‘paytirishga xizmat qilishini aytib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev Nukus aeroportini ko‘zdan kechirdi