Juda ta’sirli: Xitoyda vafodor it uch oydan beri halok bo‘lgan egasini o‘lim joyida kutmoqda

Ushbu holat Xitoy shimolidagi Xux-Xoto shahrida sodir bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 14 noya - Sputnik. Vafodor it uch oydan beri halok bo‘lgan egasini o‘lim joyida kutmoqda. Bu holat Xitoy shimolidagi Xux-Xoto shahrida sodir bo‘ldi. RIA Novosti xabariga asosan.

Xabarda aytilishicha, 21-avgust kuni ertalab avtomobil ayolni urib yuboradi.

“Yaqinda uch oy bo‘ladi, it shu joydan ketmayapti, qor yoki yomg‘ir farqi yo‘q. Juda ta’sirli”, - dedi mahalliy taksischilardan biri.

Odamlar kelishi bilan it qochib ketadi va keyinchalik esa yana shu joyga qaytadi.

Internetda e’lon qilingan foto va videolarda it yo‘l chetida o‘tirishini ko‘rish mumkin.