IIV Toshkentda mahkumlar shart-sharoitlari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni inkor qildi

Zaklyuchenniy ispravitelnoy kolonii vo vremya raboti
Yuvinish va xojatxonalar zamonaviy texnika bilan jihozlangan. Mahkumlar uyali telefondan foydalanishlari mumkin. Hech kim ularni yaqinlari bilan uchrashishdan cheklamaydi.
Sputnik

TOShKENT, 14 noya – Sputnik. Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati Toshkent viloyatidagi manzil-koloniyada saqlanuvchi mahkumlarning shart-sharoitlari buzilgani haqidagi xabarni inkor qildi.

Zaklyuchennie v kolonii
IIV "Toshturma"dagi mahkum va mahbuslar qanday joyga ko‘chirilgani haqida axborot berdi

Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, yuvinish va xojatxonalar zamonaviy texnika bilan jihozlangan, eski uslubdagi yuz-qo‘l yuvish uskunalari esa anchadan buyon ishlatilmaydi. Ovqat tayyorlash va tanavvul qilish uchun alohida binoda kerakli buyum va asbob-uskunalar bilan oshxona jihozlangan.

Bundan tashqari, erkaklar ham, ayollar ham uyali telefondan erkin foydalanishadi. Hech kim ularni yaqinlari va tanishlari bilan uchrashishdan cheklamaydi.

Tegishli idora va prokurorlar manzil-koloniyadagi ish sifatini doimiy ravishda tekshirib turishadi.

“Mahkum bo‘lgan erkak va ayollarni saqlash haqiqiy shart-sharoitlari maqolasida ko‘tarilayotgan “muammo”  bilan solishtirilganda Toshkent viloyatida joylashgan manzil-koloniyada mahkumlarni saqlash uchun hamma shart-sharoitlar yaratilganini ko‘rsatadi”, - deyilgan IIV xabarida.

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda koloniyadagi huquqni buzarliklar haqidagi maqola tarqalgandi. Muallif mahkumlar huquqlari buzilgani – oshxona, yuvinish va xojatxona yo‘qligini aytib o‘tgan edi.