Xonanda Shahlo Ahmedova litsenziyasidan mahrum bo‘ldi - video

Shahlo Ahmedova “Letnie dojdi” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan videoklip ijtimoiy tarmoqlar orqali namoyish etilayotgani uchun litsenziyasidan mahrum qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Xonanda Shahlo Ahmedova “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining bir necha bor ogohdantirishiga qaramay “Letnie dojdi” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan videoklip ijtimoiy tarmoqlar orqali namoyish etilayotgani uchun litsenziyasidan mahrum qilindi.

“Xonanda  Sh.Ahmedovaning  “Letnie dojdi” deb nomlangan videoklipida milliy  ma’naviyatimizga yot bo‘lgan, tomoshabinlarning e’tiborini jalb etish uchun  xalqimiz mentalitetiga zid,  sharqona odob-ahloq meyorlariga to‘g‘ri kelmaydigan harakatlardan ham tap tortmay,  yigit va qizning ishqiy kechinmalarini  ochiq-oshkora  ifoda etib, buni andishasizlarcha  tasvirga olib keng ommaga namoyish etgan”, - deyilgan “O‘zbekkonsert” davlat muassasi xabarida.

Xabarda aytilishicha, Shahlo Ahmedova Baxtiyor qiziga berilgan litsenziyasi joriy yil 13-noyabr kunidan tugatildi.