Tojikistondagi Rossiya harbiy bazasi xizmatni kuchaytirilgan tartibga o‘tkazdi

Tojikistonda Rossiya 201-sonli harbiy bazasi xizmatni kuchaytirilgan tartibga o‘tkazdi.
Sputnik

TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Mamlakatda IShID jangarlari qo‘lga olingandan so‘ng Tojikistondagi Rossiya harbiy bazasi xizmatni kuchaytirilgan tartibga o‘tkazdi.

Ular baza kirish qismida terakt sodir etishni rejalashtirishgan. Bu haqda baza rahbarining yordamchisi Vladimir Aleksandrov ma’lum qildi.

“Biz hozircha Tojikiston maxsus xizmatlaridan hech qanday ma’lumot olmadik, biroq internetdagi ma’lumotdan so‘ng, baza boshlig‘ining buyrug‘iga asosan Rossiya harbiy bazasi xizmatni kuchaytirgan tartibga o‘tkazdi. Aniqlash ishlari olib borilmoqda, natijasi seshanba kuni ertalab ma’lum qilinadi”, - dedi zobit.