Retseptsiz sotiladigan dori vositalarning yangi ro‘yxati tasdiqlandi

Oldin retseptsiz sotiladigan dorilar soni 1225 tani tashkil etgan bo‘lsa, endi ularning soni 1254 taga yetdi.
Sputnik

TOShKENT, 13 noya - Sputnik. O‘zbekistonda aptekalarda retseptsiz sotiladigan dori vositalarning yangi ro‘yxati tasdiqlandi, deb xabar qilmoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati. 

Dori ta’minoti sohasida davlat monopoliyasi bekor qilindi

Yangi tasdiqlangan ro‘yxatga ko‘ra, retseptsiz sotiladigan dorilar soni 1250 tadan oshdi. Bu oldingi ro‘yxatga nisbatan 129 taga ko‘p. Amaldagi ro‘yxatda mavjud bo‘lgan 100 ta dori vositalari esa ushbu ro‘yxatdan chiqarib tashlandi. 

Natijada oldin retseptsiz sotiladigan dori vositalari soni 1225 tani tashkil etgan bo‘lsa, endilikda ularning soni 1254 taga yetdi.

Ro‘yxatda belgilanishicha, dori vositalarining o‘ramlari, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari, ilova-varaqalarida ko‘rsatilgan dori vositalarini berishda berish tartibidan qat’iy nazar, ushbu ro‘yxatga amal qilinishi kerak.