TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Taniqli o‘zbek jurnalisti Bobur Komilov uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng vafot etdi. Bu haqda jurnalist Shohira Hamro Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
U Boburning o‘limi o‘zbek jurnalistikasi uchun katta yo‘qotish ekanini aytib o‘tdi.
“Biz Boburni Toshkentda, “Prologue” halqaro kinofestivalida kutayotgan edik”, - deb yozadi Shohira Hamro.
Bobur Komilov keyingi yillarda BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi matbuot kotibi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Shuningdek, Bobur Komilov “Yoshlar” telekanalidagi “Davr” yangiliklar dasturi, Uzbekistan Today gazetasida faoliyat ko‘rsatgan, radiodasturlar muallifi edi. Londondagi Siti universiteti magistraturasini (xalqaro jurnalistika) tamomlagan.
Ma’lum bo‘lishicha, Bobur Komilov davolanish uchun Turkiyaga ketgan edi.