Dollar tepaga, yevro esa pastga - yangi valyuta kurslari

O‘tgan haftada dollar kursi 13,10 so‘mga ko‘tarilib, 8 249,97 so‘m tashkil qilgandi.
Sputnik

TOShKENT, 12 noya — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 13-noyabrdan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 21,30 so‘mga ko‘tarilib, 8 271,27 so‘m tashkil qildi.

Yevro kursi esa 17,93 so‘mga kamayib, 9 374,66 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli ham 2,88 so‘mga tushib, 121,79 co‘mni tashkil qildi.

Markaziy bank xorijiy valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.