Botirjon Asadov: O‘zbekistonning KXShTga qaytishi - bu qiyin savol

Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma Toshkentda 1992-yil 15-may kuni oltita ishtirokchi-davlat – O‘zbekiston, Armaniston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston rahbarlari tomonidan imzolangan. 1999-yil O‘zbekiston shartnomani uzaytirishni rad etdi.
Sputnik

TOShKENT, 12 noya — Sputnik. O‘zbekistonning KXShTga qaytishi haqidagi masala kun tartibidan o‘rin olmagan. Bu haqda jurnalistlarga O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov ma’lum qildi.

Botirjon Asadov Vladimir Putinga ishonch yorliqlarini topshiradi

“Bu qiyin savol. Men hozircha hech narsa deya olmayman, chunki meni bilishimcha, bu masala kun tartibidan hali o‘rin olmagan”, - deb keltiradi RIA Novosti Asadovning javobini bu mavzu bo‘yicha berilgan savolga.

Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma Toshkentda 1992-yil 15-may kuni 6 ta ishtirokchi-davlat – O‘zbekiston, Armaniston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston rahbarlari tomonidan imzolangan. Keyingi yil sentab oyida Ozarbayjon, dekabr oyida esa Belorussiya va Gruziya davlatlari a’zo bo‘lgan.

Shartnoma ushbu barcha davlat uchun 1994-yil aprel oyida besh yil muddatga kuchga kirgan. 1999-yil Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnomani uzaytirish to‘g‘risidagi bayonomani oltita davlat, O‘zbekiston, Ozarbayjon va Gruziyadan tashqari, imzolashgan.

O‘tgan hafta RF Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin O‘zbekiston parlamentariylariga KXShT parlament assambleyasida kuzatuvchi bo‘lishni taklif qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi vaqtda Rossiya va O‘zbekiston parlamentlararo aloqa doirasida jiddiy o‘zgarishlar yuzaga kelgan.