Bekobodda 56 nafar bog‘cha bolasi ovqatdan zaharlandi

Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qilgan shaxslarning ahvoli o‘rtacha og‘irlikda bo‘lib, ularga "ovqat toksikoinfeksiyasi" tashhisi qo‘yilgan.
Sputnik

TOShKENT, 11 noya – Sputnik. Toshkent viloyatining Bekobod tumanida 9-noyabr kuni 56 bog‘cha bolalari va 2 nafar tarbiyachilar ovqatdan zaharlanish ehtimoli bilan tibbiyot muassasiga murojaat qilishdi, deb xabar qildi Bosh  Prokuratura matbuot xizmati.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, murojaat qilganlarda 8 nafari ovqatdan zaharlanishi tashhisi ehtimoli bilan yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan qolganlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Shahar tibbiyot birlashmasining 10.11.2018 yildagi ma’lumotnomasiga ko‘ra, murojaat qilgan shaxslarning sog‘ligi darajasi o‘rtacha og‘irlikda bo‘lib, ularga "ovqat toksikoinfeksiyasi" tashhisi qo‘yilganligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan sudga oid kimoviy va bakteriologiya ekspertizalari tayinlanib, O‘zbekiston Respubikasi Jinoyat kodeksining 257.1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bosh prokuratura tomonidan tergov harakatlari ustidan tegishli nazorat o‘rnatilgan.