Dekabr oyidan Toshkent-Qozon yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Kassa xodimining so‘zlariga ko‘ra, plaskart joylar uchun chipta narxi 1 mln 175 ming so‘mni, kupe uchun esa - 1 mln 570 ming so‘mni tashkil qiladi
Sputnik

TOShKENT, 10 noya - Sputnik. "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ joriy yil 8-dekabr sanasidan Rossiyaning Qozon shahriga poyezd qatnovini yo‘lga qo‘ymoqda.

"Toshkent – Yekaterinburg yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezd joriy yilning 8-dekabrdan boshlab Rossiyaning Qozon shahrigacha qatnovni amalga oshiradi", - deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga kompaniya vakili.

Poyezd belgilagangan jadvalga ko‘ra har shanba kunlari Toshkent Markaziy vokzalidan yo‘lga chiqib, seshanba kuni Qozon shahriga yetib boradi va shu kunning o‘zida Qozon – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanadi.

Kassa xodimining so‘zlariga ko‘ra, plaskart joylar chipta narxi 1 mln 175 ming so‘mni, kupe uchun esa - 1 mln 570 ming so‘mni tashkil qiladi.