“Tolibon”: muloqotga tayyormiz, biroq o‘zimizni himoya qilish uchun urush olib borishga majburmiz

“Tolibon” vakili Afg‘oniston muammosini hal qilish bo‘yicha muloqot qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. “Tolibon” harakati Afg‘oniston muammosini hal qilish uchun muloqot qilishga tayyor ekanligi, biroq o‘z himoyasi uchun urush olib borishga majbur ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “Tolibon” harakatining Doxadagi siyosiy ofisi vakili Moskvada o‘tkazilayotgan yig‘ilishda aytdi. RIA Novosti xabariga asosan.

“IShID” Afg‘onistonni Markaziy Osiyodagi o‘z terrorchilik maydoniga aylashtirmoqchi - Lavrov

“Bizning strategiyamizda Afg‘oniston muammosini muloqot orqali hal qilish ko‘zlangan, o‘zimizni himoya qilish uchun urush olib borishga majburmiz”, - dedi “Tolibon” delegatsiyasi vakili.

Afg‘oniston bo‘yicha “Moskva formati” yig‘ilishi Moskvada yopiq formatda “Prezident-otel”da o‘tkazildi. Ilk bor bu darajadagi xalqaro uchrashuvda toliblar harakatining siyosiy ofisi delegatsiyasi ishtirok etdi.

Afg‘oniston bo‘yicha maslahatlashuvlar bo‘yicha “Moskva formati” 2017-yilda olti tomonlama - Rossiya, Afg‘oniston, Xitoy, Pokiston, Eron, Hindiston maxsus vakillari ishtirokida tashkil etilgan.

Navbatdagi maslahatlashuvlar sentabr oyida bo‘lishi kerak edi, biroq rasmiy Qobul iltimosiga ko‘ra qoldirilgandi.