"Tolibon" Afg‘onistonning amaldagi hukumatini qonuniy deb tan olmaydi - Stanakzay

"Bu hukumat Afg‘oniston xalqini taqdim etmaydi, shu bois amerikaliklar masalasi hal bo‘lmagunga qadar biz ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilmaymiz. Biz amerikaliklar bilan gaplashamiz, ayniqsa qo‘shinlar chiqarilishi xususida", - deb qo‘shimcha qilgan u
Sputnik

TOShKENT, 9 noya - Sputnik. Toliblar "Amerika masalasi" hal bo‘lmagunga qadar, Qobul bilan muloqotga rozi emasligini bildirdilar, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

"Tolibon" Afg‘oniston hukumatini qonuniy deb tan olmaydi, deb bayonot qildi Moskvada o‘tkazilgan muzokaralarda harakat delegatsiyasi rahbari, "Tolibon" siyosiy ofisi boshqaruvchisi Sher Muhammad Abbos Stanakzay.

"Biz hozirgi hukumatni Afg‘onistonning qonuniy hukumati, deb tan olmaymiz.  Chunki u mamlakat xalqi tomonidan saylanmagan, balki bosqinchilik soyasi ostida kelgan", - deb bayonot qildi Stanakzay jurnalistlarga moskva formatida Afg‘oniston bo‘yicha o‘tkazilgan majlisda.

"Bu hukumat Afg‘oniston xalqini taqdim etmaydi, shu bois amerikaliklar masalasi hal bo‘lmagunga qadar biz ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilmaymiz. Shu bois, biz amerikaliklar bilan gaplashamiz, ayniqsa qo‘shinlar chiqarilishi xususida", - deb qo‘shimcha qilgan u.