Qirg‘izistonlik usta Makgregorga taqlid qilib simog‘ochga chiqdi - video

Talaslik elektrchi maxsus uskunalar yordamida Makgregorning “qirollar”ga xos bo‘lgan harakatiga taqlid qilib simog‘ochga chiqishni uddalagan.
Sputnik

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Mashhur yakkakurashchi Konor Makgregor va rossiyalik Habib Nurmagomedov bilan bo‘lib o‘tgan jangi shu qadar taassurot qoldirganki - ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari hozirgacha uning noodatiy xulq-atvorini muhokama qilishda davom etmoqda.

Irlandiyalik kurashchining bu qadam tashlashiga endilikda oddiy odamlar ham taqlid qilishmoqda.

Talaslik elektrchi maxsus uskunalar yordamida Makgregorning “qirollar”ga xos bo‘lgan harakatiga taqlid qilib simog‘ochga chiqishni uddalagan.

Facebook foydalanuvchisi Almira Abidinova bu videoni joylagan.