“IShID” Afg‘onistonni Markaziy Osiyodagi o‘z terrorchilik maydoniga aylashtirmoqchi - Lavrov

Afg‘oniston bo‘yicha Moskva formatidagi uchrashuvda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov nutq so‘zladi.
Sputnik

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi Afg‘onistonni Markaziy Osiyodagi o‘zining terrorchi jangarilarini yig‘ish maydoniga aylantirmoqchi, dedi Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov. RIA Novosti xabariga asosan.

“Afg‘onistonliklarga bu rejalarni barbod qilishga yordam berish, terrorchilik tahdidini yo‘q qilish – barcha davlatlar va mintaqadagi xalqaro tuzilmalarining vazifasidir.... Hech kim geosiyosiy o‘yinlar toifalarida fikr qilishi kerak emas, ular Afg‘onistonni bellashuv maydoniga aylashtirish natijasida afg‘onistonliklar va qo‘shnilari uchun og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin” – deya qo‘shimcha qildi vazir.

Eslatib o‘tamiz, bugun Moskvada Afg‘oniston masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.