TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Moliyaviy tahlilchi Aleksandr Razuvayevning so‘zlariga ko‘ra, sovet davrining o‘zida qator respublikalar kiril bilan bir qatorda lotin alifbosidan foydalanishgan, ayrim mamlakatlar esa bir necha marta bir yozuvdan ikkinchisiga o‘tishgan.
Biroq globalizatsiya va ingliz tilining ommalashganligiga qaramasdan, bu alifboning ayrim kamchiliklari mavjud.
“Birinchidan, lotinga o‘tganda zamonaviy va sovet adabiyotining katta qismidan yangi avlod foydalana olmaydi. Ikkinchi jihat – fonetik hususiyati. Lotin alifbosi Yevropaga moslashgan va u sharq tillar hususiyatlarni hisobga olmaydi. Albatta, yozuvda u yoki bu tovushni turli harflar bilan ifodalash mumkin. Biroq, bu baribir boshqacha”, - dedi ekspert Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbat chog‘ida.
Bundan tashqari, Razuvayev globalizatsiyani baholanadigan bo‘lsa, yevropeizatsiya davri o‘tmishda va o‘tgan ming yillikda qolgan, hozir esa aksincha, sharqiy yo‘nalish faollashgan.
“Men Xitoy yoki arab yozuviga o‘tish kerak deb aytmayapman, biroq hozirgi vaqtda g‘arbga qarab moslashishdan hech qanday iqtisodiy foyda yo‘q”, - deb xulosa qildi ekspert.
Eslatib o‘tamiz, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti qoshida tuzilgan ishchi guruh tomonidan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosining loyihasini ishlab chiqildi.