Xitoyda usti to‘liq olmos bilan qoplangan poyabzal namoyish qilindi

Bu poyabzalga 10 minga yaqin turli o‘lchamli olmoslar o‘rnatilgan.
Sputnik

TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Shanxaydagi xalqaro EKSPO markazida usti butunlay olmos bilan qoplangan poyabzal namoyish qilindi. Uni tomosha qilish uchun odamlar bir necha soat navbatda turishibti. Bu haqda RIA Novosti Genevant vakili Chen Pinyuy xabar qildi.

Chen Pinyuy so‘zlariga ko‘ra, poyabzalga 10 minga yaqin turli o‘lchamli pusht rangdagi olmoslar joylashtirilgan.

Mualliflar so‘zlariga ko‘ra, poyabzal narxi - 4,3 million dollar.

“Bu yangi model dizaynini ishlab chiqish uchun bir yil vaqt ketdi. Olmaslarni o‘rnatish uchun 360 soat sarflandi”, - dedi Chen Pinyuy.