O‘zbekistonda ilk bor Naqshbandiylar festivali bo‘lib o‘tadi

Festivalni Malayziyada joylashgan Jahon so‘fiylar markazi (World Sufi Center) tashkil qilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 7 noya – Sputnik. O‘zbekistonda 7-12 noyabr kunlari tarixda birinchi marotaba “Naqshbandiya sayyohlik festivali” bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.

Ushbu festivalni Malayziyada joylashgan Jahon so‘fiylar markazi (World Sufi Center) va O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil qilinmoqda.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – o‘zbekistonlik mutafakkirlarning islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini e’tirof etish, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishdir.

Festivalda Naqshbandiya tariqatining Malayziya, Indoneziya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Xitoy, Hindiston, Avstraliya, AQSh, JAR va boshqa mamlakatlardagi 150 nafardan oshiq vakili, jumladan, 10 nafardan ortiq taniqli ulamo ishtirok etishi kutilmoqda.

Naqshbandiya – bu so‘fiylar tariqati (birodarligi) bo‘lib, u dinda kamtarinlikni, maxfiy zikr va ilohiy muhabbatni targ‘ib qiladi. Tariqatga 14-asrda Buxoroda yashagan Muhammad Bahovuddin Naqshbandiy nomi berilgan. Naqshbandiylik ta’limotining asosida "ko‘ngil Xudoda bo‘lsin-u, qo‘l ish bilan band bo‘lsin" shiori yotadi. Unga ko‘ra, dilni Alloh bilan bog‘lagan hodda kasbu hunar va qo‘l mehnatini aslo tark yetmaslik kerak. Faqirona yashash, xayr-yehson hisobiga yemas, o‘z mehnati hisobiga hayot kechirish lozim.