Qirg‘izistonda otaxon raqsga tushayotgan juftlikni hassasi bilan quvdi

Yoshlarning allambalo hatti-harakatlarini ko‘rgan otaxon, jahl bilan ular tomon yo‘l oldi. Yoshlar hassa zarbidan zo‘rg‘a qochib qolishdi.
Sputnik

TOShKENT, 7 noya - Sputnik. Qirg‘izistondagi to‘ylardan birida sodir bo‘lgan holat internetda kenga jamoatchilikning e’tiborini tortdi.

Videoda yosh yigib va qiz davra o‘rtasida raqsga tushayotgani aks etgan. Yoshlarning allambalo hatti-harakatlarini ko‘rgan otaxon, jahl bilan ular tomon yo‘l oldi. Juftlik otaxon zarbidan zo‘rg‘a qochib qolishdi.

Video ostida qoldirilgan izohlarga ko‘ra, Internet foydalanuvchilarining aksariyati otaxon tomonida qolishgan. Ularning fikriga ko‘ra, yoshlar o‘zlarini kamtarroq tutishlari kerak hamda katta yoshdagi fuqarolarga hurmatni esdan chiqarmaslik kerak.