Toshkentda 22-noyabrdan sovuq suv narxi oshadi

Toshkentda ichimlik suv ta’minoti bo‘yicha – 1 m3 uchun 280 so‘m, oqava suv bo‘yicha – 1 m3 uchun 235 so‘m narx belgilanadi.
Sputnik

TOShKENT, 7 noya – Sputnik. Toshkentda 22-noyabrdan boshlab sovuq suv  narxi oshadi. Bu haqida  "Suvsoz"davlat unitar korxonasi xabar qildi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ichimlik suv ta’minoti bo‘yicha – 1 m3 uchun 280 so‘m, oqava suv bo‘yicha – 1 m3 uchun 235 so‘m narx belgilandi. Narxlar qo‘shimcha qiymat solig‘isiz ko‘rsatilgan.

Esaltib o‘tamiz, Toshkent shahar Xokimining 2018-yil 12-yanvardagi № 69-sonli qaroriga binoan, 2018-yil uchun Toshkent shahrida ichimlik suv ta’minoti xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq miqdori iste’molchilar uchun- 100 so‘m 1m.kub.dan olinadi.

Toshkentda sovuq suv narxlari so‘nggi bor 2018-yilning yil 1-maydan boshlab oshgan edi.