TOShKENT, 7 noya - Sputnik. “Toshkent – Termiz – Toshkent” yo‘nalishida qatnayotgan 4 va 3 sonli yo‘lovchi poyezdlari 16-noyabrdan boshlab haftasiga 3 marotabadan qatnay boshlaydi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Temir yo‘llari matbuot xizmati.
"Poyezdlar haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari Toshkent Janubiy vokzalidan soat 8:53da yo‘lga chiqib 20:19da Termiz vokzaliga kirib boradi. Shanba, yakshanba va dushanba kunlari soat 06:40 da Termizdan yo‘lga chiqib, soat 18:26 da Toshkentga yetib keladi", - deyilgan xabarda.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni joylardagi temiryo‘l kassalaridan va ma’lumotxonalaridan bilib olish mumkin.