TOShKENT, 7 noya - Sputnik. Tashqi ishlar vazirligi Malayziya tashrif buyuruvchi O‘zbekiston fuqarolarini Malayziya migratsiya qonunchiligi bilan tanishtirib, taqdim etilishi kerak bo‘lgan hujjatlar haqida eslatma berdi.
Malayziya migratsiya talablariga binoan, ushbu mamlakatga tashrif buyurayotgan xorijiy fuqarolar quyidagilarni taqdim etishlari shart:
- mazkur davlatga kirgan sanadan boshlab amal qilish muddati 6 oydan kam bo‘lmagan fuqarolik pasporti yoki harakatlanish hujjati;
- Malayziya hududida bo‘lishlari uchun yetarli moddiy mablag‘ga ega ekanliklarini isbotlashlari;
-qaytish yoki uchinchi davlatga borish chiptasi.