Olmaota-Toshkent yo‘nalishidagi avtobusga o‘q otildi

O‘t travmatik to‘pponchadan otilgan. Avtobus bilan bir yo‘lda ketayotgan yengil avtomobil yo‘lovchilari avtobusga o‘q otishgan.
Sputnik

TOShKENT, 7 noya — Sputnik.  5-noyabr kuni Chimkentda yo‘lovchi tashuvchi avtobus o‘qqa tutilgan.

Toshkent-Olmaota avtobus qatnovi 12-apreldan yo‘lga qo‘yiladi

Sputnik Qozog‘iston xabar berishicha, Olmaota-Toshkent yo‘lida yuz bergan voqea yuzasidan bir necha Turkiston viloyatida istiqomat quluvchilar qo‘lga olingan.

Xabarda o‘t travmatik quroldan otilgani, avtobus bilan bir yo‘lda ketayotgan yengil avtomobil yo‘lovchilari avtobusga o‘q uzilgani aytilgan.

Gumonlanuvchilar darhol qo‘lga olingan. Ayni damda ularga nisbatan QR Jinoyat kodeksining 293-moddasi bo‘yicha “Bezorilik” jinoiy ish qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari travmatik qurolni qanday qilib bezorilar qo‘liga tushganini aniqlash maqsadida surishtirish ishlarini olib borishmoqda.