Turkistonda YTHda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi qurbon bo‘ldi

Qozog‘istonning  Shardara -Abay katta yo‘lida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 5 kishi qurbon bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 6 noya - Sputnik. Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyatida dushanba kuniga o‘tar kechasi yo‘lga yugurib chiqqan ot tufayli sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 5 kishi halok bo‘ldi. Ularning uch nafari O‘zbekiston fuqarolari, RIA Novosti xabariga asosan.

“Shardara-Abay katta yo‘lida MAZ yuk avtomobili haydovchisi yo‘lga yugurib chiqqan otni bosib ketgan, so‘ng qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, Lexus rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan”, - deyilgan xabarda.

YTH natijasida olma-otalik Lexus haydovchisi va uning to‘rt nafar yo‘lovchisi olgan jarohatlaridan voqea joyida halok bo‘lgan. Ularning biri Shardara tumanida yashagan, qolgan uch nafari O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Lexus avtomobilining yana bir yo‘lovchisi, O‘zbekiston fuqarosi og‘ir jarohatlar bilan tuman shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga olib ketilgan.

Ushbu voqea yuzasidan “Yo‘l harakati yoki transport vositasidan foydalanish qoidalarini buzganlik” moddasi bilan dastlabki tergov harakatlari boshlangan. Shuningdek kerakli ekspertizalar tayinlangan. Yuk avtomobili haydovchisi hisbga olingan. Hozirgi paytda politsiya xodimlari ot egasini aniqlash uchun choralar qo‘llamoqda.