“Toshkent 2025: o‘zgarish” loyihasi taqdimot anjumani o‘tkaziladi

Loyiha “Urbanistika markazi” jamoat fondi asosida amalga tatbiq etiladi.
Sputnik

TOShKENT, 6 noya - Sputnik.  Joriy yil 9-noyabr kuni Toshkent shahar hokimiyatida “Toshkent 2025: o‘zgarish” loyihasi taqdimoti anjumani o‘tkaziladi.

"Toshkent City"ni 4-yilda qursa bo‘ladimi? Ekspert Roman Osokin bilan intervyu

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil oktabr oyida Toshkent shahar hokimiyati qoshidagi jamoatchilik kengashi tomonidan “Toshkent 2025: o‘zgarish” loyihasi tashkil etilgandi.

Loyiha “Urbanistika markazi” jamoat fondi asosida amalga tatbiq etiladi.

Iqtisodiyotning global trendlari almashishi bilan shaharni boshqarishga bo‘lgan yondashuvlar ham o‘zgarib boradi.

Ommaviy globalizatsiya sharoitida mintaqalar sarmoya miqdori va inson kapitali uchun bir-biri bilan raqobatlashishni boshlaydi.

Uzoq muddatli va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga tatbiq etish shaharlar rivojlanishida eng muhim omil hisoblanadi.