AIBA prezidentligiga saylangan G‘ofur Rahimov O‘zbekistonga keldi

G‘ofur Rahimov 2022-yilgacha AIBA prezidenti sifatida faoliyat olib boradi.
Sputnik

TOShKENT, 6 noya – Sputnik. Bugun AIBA prezidenti G‘ofur Rahimov Toshkentga keldi, deb xabar qildi O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

G‘ofur Rahimovni  Toshkent xalqaro aeroportida Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov va Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyevlar kutib olishdi.

AIBA prezidentligiga saylangan G‘ofur Rahimov O‘zbekistonga keldi

Eslatib o‘tamiz, 2-3 noyabr kunlari Moskva shahrida Xalqaro havaskor boks assotsiatsiyasi (AIBA)ning navbatdagi Kongressi bo‘lib o‘tgandi.

Kongress davomida hamurtimiz G‘ofur Rahimov AIBA prezidentlik saylovida ishtirok etgan va yakunda g‘alaba qozonib, tashkilot rahbariga aylangandi.

G‘ofur Rahimov 2022-yilgacha AIBA prezidenti sifatida faoliyat olib boradi.