O‘zbekiston Britaniya bilan munosabatlarni rivojlantiradi

Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Buyuk Britaniya kengashining navbatdagi majlisini Toshkent shahrida o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 2 okt - Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Tashqi ishlar va Hamdo‘stlik ishlari bo‘yicha vazirligining Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa bo‘yicha departamenti direktori o‘rinbosari Rupert Eynli bilan uchrashuv o‘tkazildi.

"Suhbat davomida O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish, qo‘shma tadbirlar, jumladan turli darajalarda ikki tomonlama uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish istiqbollari muhokama qilindi", - deb xabar qiladi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Buyuk Britaniya kengashining navbatdagi majlisini Toshkent shahrida o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Ushbu kengash savdo-iqtisodiy, investitsion aloqalarni faollashtirish va aniq natijalar keltirishni maqsad qilgan.