Vladimir Jirinovskiy Buxoroda chiroyli raqsga tushdi - video

Internetda Vladimir Jirinovskiy O‘zbekistonga tashrifining dastlabki videolari paydo bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 2 noya – Sputnik. Mixail Kamergerskiy Instagramda o‘z sahifasidan LDPR partiyasi raisi Vladimir Jirinovskiy Buxoroda raqsga tushishi tasvirga olingan videoni joylashtirdi.

Rossiyalik siyosatchi O‘zbekistonga a’lo kayfiyatda kelgan. Buxoroga kelishi bilan raqsga tushishni boshlagan.

Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda buxoroliklar Jirinovskiy bilan selfi tushgan rasmlarni ham joylashtirishmoqda.