O‘zbekiston Ukraina sanksiyalariga qarshi qanday choralar ko‘rishi mumkin?  

Milliy bozorni himoya qilish biz uchun ham muhim masala, biroq biz, birinchi navbatda, iqtisodiy foydadan ko‘ra - o‘zaro do‘stlik va hurmatga putr yetmasligini istaymiz - deputat.
Sputnik

TOShKENT, 1 noya – Sputnik. Ukraina tomonidan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillarga nisbatan antisubsidion tekshiruv o‘tkazayotgani munosabati bilan, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDep fraksiyasi vakili Rasul Kusherbayev, Sputnik muxbiriga rasmiy Toshkent bunga qanday javob qaytarishi mumkinligi haqida aytib berdi.

Ukraina O‘zbekiston avtomobillariga qo‘shimcha boj kiritishi mumkin

Deputat, avvalombor O‘zbekiston va Ukrainaning barcha ijtimoiy va iqtisodiy aloqalari asosida do‘stlik va o‘zaro hurmat borligini qayd etdi. Ukraina deputatlari tomonidan O‘zbekiston avtomobillariga nisbatan o‘tkazilayotgan tekshiruvlar O‘zbekiston bilan bo‘lgan erkin savdo munosabatlarini cheklashga qaratilmaganiga umid bildirdi.

Ikkinchidan, deputat agar O‘zbekiston mahsulotiga nisbatan biror cheklov kiritilsa, O‘zbekiston ham ana shunday cheklovlar kiritishi mumkinliga haqida aytib o‘tdi. 

Kusherbayev keltirgan raqamlarga ko‘ra, Ukrainadan O‘zbekistonga oxirgi uch yil davomida 642 million dollarlik mahsulot import qilinganini. Ulardan 142 mlrd so‘mlik bojxona to‘lovlari undirilib, 510 mlrd so‘mlik imtiyozlar berilgan. O‘zbekiston esa shu davr mobaynida Ukrainaga atigi 169 million dollarlik mahsulot  eksport qilgan.

Shu bilan birga, ayni damda Ukrainada ishlab chiqarilayotgan yog‘-moy, konditer, dori vositalari kabi mahsulotlarning muqobili O‘zbekistonda ham ishlab chiqarilmoqda.

"Milliy bozorni himoya qilish biz uchun ham muhim masala, biroq biz birinchi navbatda iqtisodiy foydadan ko‘ra, o‘zaro do‘stlik va hurmatga putr yetmasligini istaymiz. Shu bois ukrainalik do‘stlarimiz uzoq yillardan beri mavjud munosabatlarimizga, xalqlar do‘stligiga putr yetkazmaydigan sog‘lom fikrli qaror qabul qilishlariga umid qilamiz", - dedi deputat. 

Shu bilan birga, biz, bizga ko‘rastilayotgan munosabatga nisbatan, bizning Hukumatimiz ham zarur choralarni ko‘rishi mumkinligini xabar qilmoqdamiz.

Ukraina O‘zbekistonda dori ishlab chiqarish zavodini quradi

Eslatib o‘tamiz, bundan bir oy oldin Ukraina deputatlari Ukraina avtomobil ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi talabiga asosoan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan  avtomobillariga nisbatan antisubsidion tekshiruv o‘tkazishi mumkinligi haqida e’lon qilgan edi.

Ukraina avtomobil ishlab chiqaruvchilari fikriga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati avtomobil sanoatiga ko‘rsatayotgan yordam evaziga Ukrainada ishlab chiqarilgan avtomobillar raqobatni yutqizmoqda va bozordagi ulushini yo‘qotmoqda.

Antisubsidion tekshiruv natijasida, O‘zbekiston hukumatining  yordami tasdiqlansa, O‘zbekiston avtomobillariga nisbatan 10-17 % qo‘shimcha boj kiritilishi mumkin. Shunga o‘xshash vaziyat bundan bir yil oldin Rossiya avtomobillari bilan ham sodir bo‘lgan edi.