O‘tgan yil davomida 360 nafar Internet-terrorchilar qo‘lga olindi - Sisoyev

Internet hamjamiyatining terror va diniy ekstremizm bilan shug‘ullangan 360 ishtirokchisi faoliyatiga nuqta qo‘yilgan, veb-saytlar ma’murlari va moderatorlariga nisbatan 122 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan
Sputnik

TOShKENT, 31 okt - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. O‘tgan yil davomida internet hamjamiyatining terror va diniy ekstremizm bilan shug‘ullangan 360 ishtirokchisi faoliyatiga nuqta qo‘yildi, deb bayonot qildi chorshanba kuni Toshkentda o‘tkazilgan ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi oltinchi xalqaro anjumanida ShHT MATT Ijroiya direktori Yevgeniy Sisoyev.

Sisoyev: Afg‘oniston tinchligi – ShHT xavfsizligi garovi

Tadbirda "shanxay oilasi"ga kiruvchi 15 davlat delegatsiyasi a’zolari, 9ta xalqaro tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari ishtirok etishdi hamda mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

"O‘tgan yil davomida erta bosqichda bir qator terroristik aktlar oldi olindi. Ellikdan ziyod terrorchilik uyushmalari faoliyatiga nuqta qo‘yildi. Shuningdek, davlatlararo qidiruvda bo‘lgan 150dan ortiq terrorchilar ushlandi", - dedi ShHT MATT Ijroiya direktori.

Sisoyevning ma’lum qilishicha, internet tarmoqlaridan terroristik va ekstremistik maqsadlarda foydalanishga qarshi kurash doirasida 500 mingdan ziyod materiallarga ega bo‘lgan 80 mingdan ortiq internet resurslar chegaralangan.

Internet hamjamiyatining terror va diniy ekstremizm bilan shug‘ullangan 360 ishtirokchisi faoliyati oldi olingan, veb-saytlar ma’murlari va moderatorlariga nisbatan 122 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.