Naqd pul tushumi va inkassatsiya xizmati: O‘zbekistonda yangi qulayliklar joriy etiladi

Eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan ortiq miqdorda kunlik o‘rtacha naqd pul tushumi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar mustaqil ravishda kunlik topshirish imkoniyatiga rozilik berildi.
Sputnik

TOShKENT, 31 okt - Sputnik. Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.

Ish haqi o‘zgarishi va yangi ish o‘rinlarini yaratish - Markaziy bank

“2018 yil 1-noyabrdan boshlab naqd pul tushumini topshirish va undan foydalanishning quyidagilarni:

- eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan ortiq miqdorda kunlik o‘rtacha naqd pul tushumi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar naqd pulni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali yoki mustaqil ravishda kunlik topshirish imkoniyati;

- eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan ortiq miqdordan kam bo‘lgan kunlik o‘rtacha naqd pul tushumiga ega xo‘jalik yurituvchi subyektlar naqd pulni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali o‘zlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirishi imkoniyati;

- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muqobil inkassatsiya xizmatlarini tashkil etgan holda naqd pul tushumini faqat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining inkassatsiya xizmati orqali topshirishni bekor qilish;

- yuridik shaxslar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan naqd pulsiz hisob-kitoblarni oldi-sotdi shartnomalarini tuzmasdan invoys (hisob-faktura) berish orqali korporativ bank kartochkalaridan foydalangan holda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi tartibini joriy etish haqidagi takliflariga rozilik berilsin”, - deyilgan prezident farmonida.