Aqto‘be fojiasi: halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar yaqinlari eng og‘ir jazoni talab qilishdi

Sudda jabrlangan tomon vakillari sud qilinayotgan barcha shaxslarga nisbatan eng og‘ir jazo choralarini ko‘rish zarurligini ta’kidlashdi.
Sputnik

TOShKENT, 30 okt - Sputnik. Bugun, seshanba kuni Samara-Chimkent trassasida shu yil yanvar oyida avtobus yonib ketishi oqibatida 52 nafar O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lishi jinoyat ishi bo‘yicha taraflar muhokama sud majlisi o‘tkazildi.

"Aqto‘be fojiasi": yonib ketgan avtobus ishi sudga oshirildi

O‘sha baxtsiz hodisada faqat 5 nafar yo‘lovchi va 3 nafar haydovchi omon qolgandi.

Prokuror ma’lum qilishicha, avtobus haydovchilari – Barat Tanatarov, Nurjan Kirgizbayev va Maksat Pernebekov “transport vositasini eksluatatsiya qilish qoidalarini buzish oqibatida ikki va undan ortiq kishilarni o‘limiga olib kelish” moddasi bo‘yicha aybi to‘liq isbotlandi.

Davlat ayblov tomoni har biriga 5-yil manzil-koloniya jazo chorasini berilishini so‘radi.

Prokuror sudlanuvchilar jinoyatni ehtiyotsizlik oqibatida sodir etishganligini ta’kidlab o‘tdi.

Boshqa ikki nafar sudlanuvchi: Baxodir Berdibayev (avtobusni reysga chiqargan mexanik) va Nurlibek Telepbayevni (avtobus tegishli bo‘lgan firma ta’sischisi) 7-yil manzil-konologiyaga jo‘natishni so‘radi.

Aqto‘be fojiasi: halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar yaqinlari eng og‘ir jazoni talab qilishdi

Ayblanuvchilar sudyadan ular aybdor emasligi sababli oqlashni so‘radi. Ulardan hech biri o‘z aybini tan olmadi. Sudlanuvchilar yong‘in ular aybi bilan sodir bo‘lmaganligini yana bir bor aytishdi.

Ular avtobus salonida kavshar lampani qulab tushirgan yo‘lovchi aybdor deb hisoblashmoqda.

Sariagash shahridan videoaloqa orqali sud yig‘ilishida ishtirok etgan jabrlangan tomon ayblanuvchilarga eng og‘ir jazo hukm chiqarish zarurligini aytishdi.

“Ular odamlar haqida emas, faqat pul haqida o‘ylashgan. Agar haydovchilar odamlarni qutqarishganda, ular hozir tirik qolardi”, - dedi avtobusda halok bo‘lgan yo‘lovchilardan birining qarindoshi.

Bundan tashqari, jabrlanganlar ayblanuvchilardan har bir halok bo‘lgan kishiga 407 ming dollar miqdorida ma’naviy zarar undirishni ham so‘rashdi.