Ekspert AQSh va Xitoy savdo urushining tahdidlari haqida o‘z fikrini aytdi

Xitoy va AQSh o‘rtasida savdo urushi shu yil 6-iyulda boshlandi.
Sputnik

TOShKENT, 30 okt - Sputnik. AQSh va Xitoy savdo urushi mavjud bo‘lgan iqtisodiy institutlarini qulashiga olib kelishi mumkin. Bu haqda Kalam Research & Media tadqiqot markazi direktori va Liviya prezidentligiga nomzod Aref Ali Nayed ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

AQSh Xitoy bilan urushga tayyorlanmoqda

“AQSh va Xitoy o‘rtasida boshlangan savdo urushlari samarali bo‘lsa, butun tizimning parchalanishiga olib kelishi mumkin. Bu hodisaning oqibatlarini oldindan aytish mumkin emas”, - dedi u Rossiya Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutining 200-yilligi kongressida.

Xitoy va AQSh o‘rtasida savdo urushi shu yil 6-iyulda boshlandi.

O‘sha vaqtda ikki davlat o‘rtasida o‘zaro bojlarni ko‘tarish choralari kuchga kirdi. AQSh Xitoyning 818 nomdagi yiliga jami hajmi 34 milliard dollarlik tovarlarga 25 % bojlarni joriy etdi.

Xitoy bunga qarshi shu kunning o‘zida AQShning shu miqdordagi tovarlariga 25 % bojlarni kiritdi.

Sentabr oyida esa AQShning Xitoyning yiliga 200 milliard dollarlik tovarlariga 10 % miqdoridagi  yangi bojlari kuchga kirdi.

Shundan so‘ng, Xitoy bunga javoban Amerikaning 60 milliard dollarlik tovarlarga 10 % va 5 % foizli bojlarni joriy etdi.