Avitoda samolyot ham sotilmoqda

Rossiyada foydalanilgan buyumlar sotiladigan e’lonlar sahifasida 833 million rublga samolyot ham sotilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 29 okt - Sputnik. Rossiyada ommaviy bo‘lgan foydalanilgan buyumlar sotiladigan Avito.ru sahifasida An-124 “Ruslan” yuk samolyoti sotuvga chiqarildi.

“An-124 – uzoq masofaga og‘ir yuk tashuvchi 4 avlod sovet davri samolyoti. 1994-yilda ishlab chiqarilgan. Holati – qoniqarli. Turgan joyi – Ulyanovsk viloyati. ”, - deyilgan e’londa.

“Polot” kompaniyasiga tegishli bo‘lgan samolyot 833 million rublga sotilmoqda. Uning bozordagi narxi bundan ham baland, lekin samolyot sud qaroriga asosan, kompaniya bankrotligi tufayli sotilayotgani uchun - u arzon narxda sotuvga chiqarilgan.