O‘zbekistonda dollar kursi yana ko‘tarildi

O‘tgan haftada dollar kursi 18,06 so‘mga ko‘tarilib, 8226,10 so‘m tashkil qilgandi.
Sputnik

TOShKENT, 29 okt - Sputnik.  Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 30-oktabr kunidan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 10,77 so‘mga ko‘tarilib, 8236,87 so‘m tashkil qildi.

Yevro kursi esa 79,85 so‘mga pasayib, 9 390,86 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli 0,57 so‘mga kamayib, 125,19 co‘mni tashkil qildi.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.