Istambul va Bangkokdan uchib kelgan samolyotlar Toshkent aeroportiga qo‘na olmadi

Toshkentda quyuq tuman tushishi oqibatida Istambul va Bangkokdan kelgan samolyotlar Samarqand va Navoiy aeroportlariga yo‘naltirildi.
Sputnik

TOShKENT, 29 okt - Sputnik. Dushanba kuni ertalab “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning  Bangkok va Istambuldan uchib kelgan parvozlari, hamda Turkiya havo yo‘llaring Stambuldan uchib kelgan reysi quyuq tuman tufayli Toshkent aeroportiga qo‘na olmadi va boshqa shaharlar aeroportlariga yo‘naltirildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Bugun ertalab kuchli tuman va ko‘rinish yomon (150 metr) bo‘lgani tufayli bir necha parvozlar boshqa aeroportlarga yo‘naltirldi”, - deb xabar qildi RIA Novostiga Toshkent aeroporti vakili.  

“O‘zbekiston havo yo‘llari” reyslar tablosiga ko‘ra, Stambuldan uchib kelgan HY-272 sonli parvozi hamda Bangkokodan kelgan HY-534 parvozi Samarqanda aeroportiga Turkish Airlines kompaniyasining Stambuldan uchib kelgan  THY-368- sonli parvozi Navoiyda qo‘ndirildi.

Manbaa xabariga ko‘ra, parvozlar o‘rtacha kechikish vaqti 2 soatga yaqin bo‘ldi. Ayni damda, tabiiy vaziyat tufayli kechikkan samolyotlar rejalashtirilgan yo‘nalishlardagi parvozlarni amalga oshirishdi.