O‘zbekistonda yangilangan Lada Granta sotuvga chiqarildi

Bir necha kun oldin Toshkentda yangilangan Lada Granta va Lada Vesta Cross avtomobillarining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 27 okt - Sputnik. Rossiyaning “AvtoVaz”  konserni O‘zbekiston yangilangan Lada Granta va Lada Vesta Cross avtomobillarini sotishni boshladi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekistonda Lada Granta to‘rt xil kuzovda sotuvga chiqariladi: sedan, xetchbek, liftbek va universal.  Yangilangan avtomobil o‘zining kam yonilg‘i sarflovchi dvigateli: 100 km ga -  6,5 – 7,2 litr, va nisbatan arzon narxi: 67, 9 mln so‘m, bilan ma’qul kelishi kerak.

Vesta Cross bo‘lsa – baland klirensi va baquvvatlashtirilgan yurish qismi (xodovoy) qismi va yo‘ltanlamasga o‘xshasha tashqi ko‘rinishi bilan boshqa yengil avtomobillardan ajralib turadi. Ushbu avtomobil zamonaviy multmedi tizimi, orqa kamera va ESC, TCS, HSA kabi elektron yordamchilar tizimlari bilan ajralib turadi.

Vesta Cross narxi 124,9 mln so‘mdan boshlanadi. Ushbu model universal ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin.