Namanganda kabobdan ommaviy zaharlanish: ikki kishi halok bo‘ldi - OAV

Namangan viloyatining Chust tumanida fuqarolar ommaviy zaharlanish tufayli tuman shifoxonasiga yotqizilgan.
Sputnik

TOShKENT, 26 okt - Sputnik. Namangan viloyatining Chust tumanida 21-oktabr kuni ikki kishi ovqatdan zaharlanishdan halok bo‘ldi, olti kishi kasalxonaning jonlantirish bo‘limiga, o‘ttiz nafari kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” nashri xabar qildi.

Samarqandda xot-dogdan zaharlanganlarning 7 nafari shifoxonada qoldi

Xabarda aytilishicha, Chust bozori yaqinidagi tamaddixonalardan birida 21-oktabr kuni ovqatlangan taxminan 30 ga yaqin odamlar sog‘lig‘idan shikoyat qilib tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, odamlar go‘shtdan tayyorlangan kabob iste’mol qilgach, shifoxonaga murojaat qilgan.

Ularning olti nafari kasalxonaga yotqizilgani aytilmoqda. Qolgan bemorlarga birinchi yordam ko‘rsatilgan va uy sharoitida muolajani davom ettirish uchun javob berib yuborilgan.