Umraga boruvchi ziyoratchilar soni bo‘yicha kvota bekor qilindi

Bundan buyon umra ziyoratiga borish uchun navbatda turib kvota olish kerak bo‘lmaydi.
Sputnik

TOShKENT, 25 okt - Sputnik. Bundan buyon Umra ziyoratiga borish uchun navbatda turib kvota olish kerak bo‘lmaydi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi.  

"Avvallari fuqarolarimiz umra safariga borish uchun yillab navbat kutishar, boshqa yo‘llar bilan borish imkoniyatlarini qidirishar edi. Endi yurtimiz fuqarolarining muqaddas ziyoratga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laqonli qondirish maqsadida jamoatchilik kengashi qarori asosida Umra safariga boruvchi ziyoratchilarning sonini belgilash bo‘yicha (kvota) cheklovlar olib tashlandi", - deyilgan xabarda. 

Shuningdek, Umra ziyorati uchun to‘lanadigan to‘lov miqdori ham kamaydi. Fuqaorlar avval ziyorat uchun 13,65 mln so‘m to‘lagan.

Endi esa Jamoatchilik kengashi tomonidan Umra safariga bormoqchi bo‘lgan har-bir fuqaro uchun to‘lanadigan mablag‘ qiymati 5 804 000 so‘m xizmatlar uchun va 5 096 000 so‘m - "Toshkent – Jidda – Toshkent" aviachiptasi uchun to‘laydi. 2018 yilda birinchi guruh ziyoratchiar Jiddaga 28-oktabr kuni uchib ketishadi.