Potr Karimovning da’vosi bo‘yicha sud ishi to‘xtatildi

Potr Karimov "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAKdan maosh pulini undirib berishni so‘rab, Moskva Tver sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilgandi.
Sputnik

TOShKENT, 25 okt - Sputnik. O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning o‘g‘li Potr Karimovning “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasiga qarshi ishi to‘xtatildi. Bu haqda Moskva shahrining umumiy yurisdiksiya sudlari rasmiy portalida ma’lumotlar qayd etilgan.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Potr Karimovning da’vo arizasiga javob berdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, ish masala bo‘yicha da’vogar va javob beruvchi o‘rtasida muddatdan avval kelishuvga erishilgani tufayli to‘xtatildi.

Ushbu ish 24-oktabrda yakunlandi.

Eslatib o‘tamiz, Potr Karimov "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAKdan maosh pulini undirib berishni so‘rab, Moskva Tver sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilgandi. Da’vo arizasi "to‘lanmagan ish haqini undirib berishga oid mehnat bo‘yicha nizolar" mazmunda topshirilgan.

Potr Karimov 2004-yildan 2017-yil aprel oyigacha “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning Moskva filiali kompaniyaning bosh vakilining yordamchisi lavozimida ishlagan.