Islom Karimov hiyoboni Moskvadagi “eng yaxshi loyiha” deb topildi

Shu yil 18-oktabr kuni Moskva shahrida Islom Karimov haykali tantanali ravishda ochildi.
Sputnik

TOShKENT, 25 okt - Sputnik. Moskva hukumatining maxsus komissiyasi xulosasiga ko‘ra Markaziy ma’muriy okrugda joylashgan Islom Karimov hiyoboni 2018-yilda Rossiya poytaxtida investor hisobidan amalga oshirilgan eng yaxshi obodonlashtirish loyihasi deb topildi.

Moskvada Islom Karimov haykali ochilishi marosimidan video lavha

Moskva meri Sergey Sobanin Karimov Fondiga obodonlashtirish dasturlarini amalga oshirish va shinam shahar muhitini yaratishga qo‘shgan hissasi uchun alohida minnatdorlik yorlig‘ini topshirdi.

Eslatib o‘tamiz, shu yil 18-oktabr kuni Moskvada Islom Karimov haykali tantanali ravishda ochildi.

Marosimda O‘zbekiston Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev, O‘zbekiston birinchi prezidentining rafiqasi Tatyana Karimova, O‘zbekiston xavfsizlik Kengashi kotibi Viktor Maxmudov va O‘zbekiston elchixonasi vakillari qatnashdi.

Ochilish marosimidan so‘ng haykal poyiga gullar qo‘yildi.

Moskvadagi Islom Karimov haykali muallifi – britaniyalik haykaltarosh Pol Dey.

Haykal Moskvadagi “Polyanka” metro bekati va O‘zbekiston elchixonasi yaqinida Islom Karimov nomli xiyobonda joylashgan.