Fransiyada farzandlarini faqat pishiriq va koka-kola bilan boqqan otaga jazo tayinlandi

Fransiyada farzandlarini faqat pishiriqlar va koka-kola bilan boqqan otaga jazo tayinlandi.
Sputnik

TOShKENT, 25 okt - Sputnik. Fransiyada o‘z farzandlarini faqat turli pishiriqlar va koka-kola bilan boqqan otaga 3 oylik qamoq jazo chorasi tayinlandi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Trassada harakatlanayotgan vaqtda mashinada jinsiy aloqa qilgan haydovchiga chora ko‘riladi

Bu kishi ichkilikdan azob chekkayotgan bo‘lib, yolg‘iz o‘zi ikki nafar (3 va 4 yoshli) bola tarbiyasi  bilan shug‘ullanadi.

Aniqlanishicha, ularning uyida hech qanday to‘shak, muzlatgich, uyinchoq bo‘lmagan.

G‘alati oyla ijtimoiy xizmatlar e’tiboriga tushadi. Ular bolalar ovqat sifatida faqat pishiriq va koka-kola berilganligini aniqlashadi. Bunday ovqatlanish tufayli to‘ng‘ich bolaning yettita tishi olib tashlandi.

Hozirgi vaqtda bolalar vasiylarda. Ota Limojedagi qamoqqa jo‘natildi.