Bir so‘mga "propiska" yoxud qanday qilib toshkentlikka aylanish mumkin

O‘zbekiston fuqarolari uchun Toshkentdan turar joy xarid qilishda shartnoma summasi bo‘yicha cheklovlar olib tashlandi
Sputnik

TOShKENT, 25 okt - Sputnik. O‘zbekiston fuqarolari uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangi qurilgan uyda ko‘chmas mulk sotib olish sharti bilan doimiy propiskadan o‘tish bo‘yicha belgilangan cheklovlar to‘liq olib tashlandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning o‘rtalarida joriy etilgan tartibga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari va chet elliklar Toshkentda va Toshkent viloyatida yangi qurilgan uylarni xarid qilgan taqdirda propiskadan o‘tishi mumkinligi belgilangan bo‘lib, minimal bitim summasi haqida ham shartlar e’lon qilingan edi.

Propiska qilish tartibi bo‘yicha prezident qarori tasdiqlandi

Viloyatliklar qiymati 2 500 eng kam ish haqidan kam bo‘lmagan, chet el fuqarolari esa 3 300 EKIH qiymatiga teng yangi turar joyni xarid qilishsa, doimiy propiskadan o‘tishi mumkin edi.

Turar joyni xarid qilgach, fuqarolar Toshkentda yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskadan o‘tishga hujjat topshirishga haqli edi.

Yangi qarorga ko‘ra, bitim summasidagi cheklovlar olib tashlangan. Endilikda bitim summasi miqdori hatto 1 so‘m bo‘lgan taqdirda ham propiskadan o‘tish uchun hujjat topshirish imkoni bo‘ladi.

Harakatlar strategiyasida va’da qilingan qoida — doimiy propiskasiz ikkilamchi bozordan turar joy sotib olishga ruxsat berilmagan.

Turar joy uchun bank hisob raqamlari orqali to‘lov qilish tartibi ham saqlanib qolingan.