Belarusda O‘zbekiston harbiy samolyotlari ta’mirlanmoqda

Baranovichdagi zavodda O‘zbekistonning 8 ta harbiy samolyoti kapital ta’mirlanmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 25 okt - Sputnik. O‘zbekiston havo qo‘shinlari tarkibida bo‘lgan 4 ta MiG-29 va 4 ta Su-25 samolyotlari Barayenovichdagi aviatsiya zavodida ta’mirlanmoqda.

O‘zbekiston - Belarus munosabatlari

Shu yil avgust oyida MiG-29 samolyoti ta’mirlandi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil boshida O‘zbekiston Belarus tomoni bilan 8 ta harbiy samolyotlarini ta’mirlash ishlarini bajarishga kelishuv imzolangandi.

2017 yilda Baranovichdagi zavodga O‘zbekistonning 2 ta MiG-29 samolyotlari olib borilgan.

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston havo harbiy qo‘shinlari tarkibida 32 ta MiG-29 samolyotlari mavjud.