TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Yevropada piyoda qo‘shinlarining sobiq qo‘mondoni, amerikalik general-leytenant Ben Xodjes Varshavadagi xavfsizlik forumida o‘n besh yildan so‘ng Xitoy bilan urush boshlanishi ehtimoli yuqoriligi haqida gapirgan. Bu haqda Sputnik International xabar bermoqda.
Sobiq general Yevropani shaxsiy mudofaaga ko‘proq e’tibor qaratishga chaqirgan. Unga ko‘ra, AQSh Tinch okeani mintaqasiga hamda "xitoy tahdidiga" o‘z diqqatini jalb qilishi kerak.
"Qo‘shma Shtatlarga yevropa tayanchi juda kerak. Mening fikrimcha, buni istisno qilib bo‘lmaydi, ammo AQSh Xitoy bilan urush holatiga kelishi ehtimoli mavjud", - deb bayonot qildi general.
Xodjesning qo‘shimcha qilishicha, geosiyosiy ustuvorliklar o‘zgarishiga qaramay, AQShning Shimoliyatlantika alyansiga sodiq qoladi, deya qo‘shmcha qildi.
Ilgariroq Military Times so‘rovi amerikalik harbiy xizmatchilarning teng yarmi ularning davlati tez orada keng ko‘lamli urushga jalb qilinadi, deb hisoblashini ko‘rsatgan edi.