Hunarmandchilik qilish uchun yuridik shaxs ochish kerak bo‘lmaydi

Vaqtincha savdo va hunarmandchilik bilan shug‘ullanish uchun yuridik shaxs tashkil qilish kerak bo‘lmaydi.
Sputnik

TOShKENT, 24 okt – Sputnik. O‘zbekistonda yuridik shaxs tashkil qilmasdan shug‘ullanish mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ko‘paydi, deb xabar qilmoqda Adliya vazirligi. 

Xususan Hukumat tomonidan 22-oktabrda qabul qilingan qarorga ko‘ra, quyidagi faoliyat bilan xususiy tadbirkor yoki boshqa  yuridik shaxs tashkil qilmasdan shug‘ullanish mumkin bo‘ladi:

  • ko‘chmas savdo obyektlarida aralash chakana savdo qilish (vaqtincha joylashgan va mavsumiy yoki maqsadli hususiyatga ega bo‘lgan, shuningdek, ish kuni tamom bo‘lganidan keyin obyektni demontaj qilinishi va ko‘chirilishini talab etuvchi obyektlarda);
  • duradgorlik ishlari (aholi buyurtmalari bo‘yicha duradgorlik ishlarini amalga oshirish);
  • metallni ta’mirlash ishlari (uy sharoitida metalldan tayyorlangan maishiy buyumlarni ta’mirlash (kalitlarning dublikatlarini tayyorlash, soyabonlarni ta’mirlash, boshqa maishiy metall buyumlarni oddiy ta’mirlash);
  • yog‘och me’morchiligi (bolalar maydonchalari va park zonalari uchun yog‘ochdan yasalgan qurilmalar, haykallar);
  • gazlamalarga naqshlar solish (gazlamalar v akiyim ashyolarini qo‘lda bo‘yash, gazlamalarga, shu jumladan trafaretli bosma va qo‘lda rasm chizish usuli bilan rasmlar solish).