Trassada harakatlanayotgan vaqtda mashinada jinsiy aloqa qilgan haydovchiga chora ko‘riladi

Ispaniya qonunchiligiga ko‘ra, haydovchiga mashinani xavfli boshqarish huquqbuzarligi bo‘yicha ayb qo‘yilishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 24 okt - Sputnik. Ispaniya fuqarolik Gvardiyasi trassada harakatlanayotgan vaqtda mashina ichida jinsiy aloqa qilgan haydovchi erkak va uning hamrohi bo‘lgan ayolga nisbatan tergov ishini yuritmoqda. RIA Novosti xabariga asosan.  

Haydovchilardan biri tasvirga olgan 32 daqiqalik video internetga joylashtirildi. Unda rulda bo‘lgan haydovchi hamrohi bo‘lgan ayol bilan jinsiy yaqinlik qilish holati tasvirga olingan.

Bu voqea trassada - mashina yo‘lning o‘rta qatorida harakatlanayotgan bo‘lgan.

Huquq tartibot organlari tergov davomida bu hodisa Madrid va Valyadolidni birlashtiruvchi AR-6 trassasida bo‘lganligini aniqlashgan.

Huquq tartibot xodimlari harakat xavfsizligini nazorat qiluvchi kamera video yozuvlarini o‘rganib chiqib, ushbu mashina, haydovchi va uning sherigini aniqlashdi.

Ularga mashinani xavfli boshqarish huquqbuzarligi bo‘yicha ayb qo‘yilishi mumkin.

Unda 500 yevro jarima, olti oydan ikki yilgacha qamoq, shuningdek bir yildan olti yilgacha haydash huquqidan mahrum etish chorasi qo‘llanishi mumkin.