Samarqandda xot-dogdan zaharlanganlarning 7 nafari shifoxonada qoldi

Bugun Samarqandda 26 kishi xot-dogdan zaharlanib shifokorlarga murojaat qilgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 24 okt – Sputnik. Bugun Samarqandda 26 kishi xot-dogdan zaharlanib shifokorlarga murojaat qilgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Ayni damda ulardan faqat 7 nafari kasalxonada qolgan, deb xabar qilmoqda  “Xalq so‘zi“.

“23 oktabr kuni viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga ovqat toksikoinfeksiyasi bilan og‘riganligiga gumon qilingan 7 nafar bemor yotqizildi. Bemorlarga barcha kerakli muolajalar qilindi. Hozirda bemorlar ahvoli yaxshi”, - dedi viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh vrachi Allobergan Bayjanov nashrga.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bemorlar shaharning Sartepo massivida joylashgan Turizm kolleji yaqinidagi fast-fud taomlar tayyorlaydigan tamaddixonasida xot-dog iste’mol qilgan bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli organlar surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Fast fud do‘koni yopilgan, u yeradn olingan namunalar laboratoriyada o‘rganilmoqda.