Xususiy tadbirkorlar uchun yangi yildan yana bir necha faoliyat turlari ta’qiqlandi

Xususiy tadbirkorlarga yangi yildan boshlab, yuridik shaxs tashkil etmasdan, plastik, alyumin oyna va eshiklar yasash, pishloq mahsulotlari ishlab chiqarish ta’qiqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 24 okt – Sputnik. 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab,  xususiy tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan yangi faoliyat turlari e’lon qilindi.  

Xususan 2019-yildan boshlab xususiy tadbirkorlarga qurilish mollari bilan savdo qilish, plastik va alyumin oyna va eshiklar yasash,  avtomobil yuvish, pishloq  mahsulotlari ishlab chiqarish ta’qiqlandi. 

Eslatib o‘tamiz, oldin xususiy tadbirkorlar alkogol va tamaki mahsulotlari, dori-darmon, neft mahsulotlari, kompyuter dasturlari va boshqa ayrim mahsulotlar savdosi bilan shug‘ullanish ta’qiqlangan edi.